O‘zbekiston kuz mavsumida koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyormi?

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v SITO im. N. N. Priorova
Gospital COVID-19 v SITO im. N. N. Priorova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 114 ta muassasada 19346 ta o‘rin tashkil etilgan. Yana 10 minga yaqin qo‘shimcha zaxira shifo o‘rinlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKAdagi brifingda O‘zbekiston kuz mavsumida koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyorligini ma’lum qildi.

“Ha, tayyor. Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama o‘rganib chiqildi. Shu davrga qadar erishilgan yutuq va kamchiliklar ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi”, - dedi u.

Vnimanie, karantin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 15-oktabrdan karantin choralari yana qattiq kuchaytiriladimi

Abdusamatovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda shifoxonalar salohiyatli kadrlar va zarur moddiy texnika baza bilan ta’minlangan. Barcha shifoxonalar va mutaxassislarning ushbu yo‘nalishda tajribalari bor. Ular kasallikni avj olishiga yo‘l qo‘ymaydilar.

Shu bilan birga bemorlarga o‘z vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon va barcha kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.  

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 114 ta muassasada 19346 ta o‘rin tashkil etilgan. Yana 10 minga yaqin qo‘shimcha zaxira shifo o‘rinlarini  tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda kasallikning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan edi. Chunki kuz-qish mavsumi bu gripp, O‘RVI kabi infeksion kasalliklarning ko‘payish vaqti. 

Yangiliklar lentasi
0