RFda YeOII haydovchilik guvohnomasi bilan ishlashga ruxsat berilishi mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRabota taksi v Moskve
Rabota taksi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgarishlar YeOII davlatlari fuqarolariga Rossiya hududida milliy haydovchilik guvohnomalari bilan ishlashga ruxsat beradi. 

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi fuqarolariga Rossiya avtomobilni boshqarish bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanganda milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalanish huquqi berilishi mumkin. Bu haqida normativ huquiy hujjatlar portalida joylashtirilgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan. 

Loyihada "Yo‘l-harakati qoidalari xavfsizligi to‘g‘risidagi" qonunning 13 bandiga o‘zgarish kiritish taklif qilingan. 

Ayni damda ushbu banddda - Avtomobilni boshqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mehnat faoliyatini amalga oshirganda xalqaro yoki xorijiy milliy haydovchilik guvohnomalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, deyilgan. 

Ushbu qonunga quyidagi qo‘shimcha abzas kiritish taklif qilinmoqda:

"Ushbu bandda keltirilgan talab YeOII davlatlari hamda rus tilidan davlat tili yoki rasmiy til sifatida foydalanayotgan davlatlar fuqarolari uchun istisno qilinadi. Ular milliy haydovchilik guvohnomasi yordamida avtomobilni boshqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mehnat faoliyatini amalga oshirishlari mumkin".  

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hududida 2017-yilning 1-iyunidan boshlab chet davlatlar fuqarolariga Rossiyada berilgan haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan taqdirda haydovchi bo‘lib ishlash ta’qiqlangan. 

Ayni damda YeOIIga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan. Moldova - kuzatuvchi maqomida, O‘zbekiston ham ushbu maqomni olish arafasida. 

Yangiliklar lentasi
0