TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Belarus koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasining klinik sinovlarini o‘tkazish uchun hujjatlar to‘plamini oldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Hozir olingan hujjatlar o‘rganilmoqda. Ekspertlar guruhi tarkibiga “Sog‘liqni saqlashdagi ekspertizalar va sinovlar markazi” hamda epidemiologik va yuqumli kasalliklar sohasidagi yetakchi mutaxassislar kiritilgan.
Ular preparatning samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni olish imkoniyatini baholashlari hamda sinov bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishlari zarur.
Ta’kidlanishicha, koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi sinovlarida 100 nafarga yaqin ko‘ngillilar ishtirok etadi.
Avvalroq Minsk va Moskva Belarusning “Sputnik V” vaksinasi sinovining uchinchi bosqichida ishtirok etishi to‘g‘risida kelib olgan edi.