Shavkat Mirziyoyev Narendra Modini 70 yoshi bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Indii Narendroy Modi
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Indii Narendroy Modi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident o‘z tabrigida Hindiston bosh vaziriga sihat-salomatlik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. O‘zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan samimiy qutlovlarini yo‘lladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

"Prezident o‘z maktubida Hindiston Bosh vaziriga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, do‘st Hindiston xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tiladi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanganidan so‘ng dastlabki safarlaridan biri Hindistonga bo‘lgan edi. 2018-yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti tantanali qabul qilingan, davlatlar orasida muhim shartnomalar imzolangan edi. Shuningdek, tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Agra shahridagi Boburiylar avlodi merosi bo‘lgan Toj-Mahal majmuasida ham bo‘lgan edi. 

Ayni damda O‘zbekiston va Hindiston orasida madaniy va iqtisodiy loyihalar izchil rivojlanmoqda. Masalan bugun Toshkentning Sergeli tumanida Hindistonning 500 million dollarlik sarmoyasi yordamida 10 ming kishilik Minerva universiteti qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0