O‘zbekiston Samaradan yana 938 nafar fuqarosini olib keldi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPosadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Maxsus poyezd reysi orqali Samaradan 938 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Samolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy  - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan Airways Moskvadan-Toshkentga biletlar sotishni boshladi

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 14-sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 938 nafar fuqarolar bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent Janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samara va Yekaterinburgdan 1681 nafar o‘zbekistonlik olib kelingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0