Rossiyada xorijlik qarindoshlar kelib-ketishi va uzoq vaqt qolishi yengillashtiriladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishViza v pasporte
Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonun chegaralar tufayli ajralib qolgan oilalarning hamda kelajakda Rossiyada qolishni istaydigan fuqarolarning hayotini yengillashtirishga mo‘ljallangan - Mishustin. 

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Rossiya fuqarolarining xorijiy qarindoshlarini kirib-chiqishini osonlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Vazirlar mahkamasi majlisida bosh vazir Mixail Mishustin xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan. 

"Rossiya fuqarosining yaqin qarindoshlari uchun muddati bir yilga qadar bo‘lgan vizalarni fuqaroning oddiy arizasiga asosan rasmiylashtirish mumkin. Turmush o‘rtog‘i, ota-ona, aka-uka, buvi va buva hamda nabiralar ana shunday qarindoshlar hisoblanadi", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari, Mishustin ana shunday qarindoshlar har 3 oyda Rossiya hududini tark etishini talab qiluvchi qonun normasi ham bekor qilinadi. Bosh vazir aytishiga ko‘ra, "ushbu qonun chegaralar tufayli vaqtincha ajralib qolgan oilalarning hamda kelajakda Rossiyada qolishni istaydigan fuqarolarning hayotini yengillashtirishga mo‘ljallangan". 

Yangiliklar lentasi
0