Rossiyada oktabrda MDH poytaxtlari bilan parvozlarni tiklash muhokama qilinmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSamolet kompanii "Uralskie avialinii"
Samolet kompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva oktabr oyida MDH poytaxtlari bilan parvozlarni tiklashi mumkin. Gap Nur-Sulton, Toshkent, Boku, Yerevan va boshqalar haqida bormoqda.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Moskva MDH mamlakatlari bilan bir oy mobaynida aviaqatnovlarni qayta tiklashi mumkin.

“Birinchi tartibli navbatda oktabr oyida MDH poytaxtlari bilan aviaqatnovlarni qayta tiklash mexanizmlari muhokama qilinmoqda. Gap Nur-Sulton, Toshkent, Boku, Yerevan va boshqalar haqida bormoqda”, - deyilgan xabarda.

Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan - Sputnik O‘zbekiston
Armaniston bosh vaziri YeOIIda chegaralar ochilishini muhokama qilishni taklif qildi

Ta’kidlanishicha, birinchi bo‘lib Belarus poytaxti Minsk bilan parvozlar tiklanishi mumkin.

Parvozlar tiklanishi sanasi hozircha aniqlanmagan.

Avvalroq O‘zbekiston 11-sentabrdan Qozog‘iston, 14-sentabrdan Qirg‘iziston bilan aviaqatnovlarni rasman tiklagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam parvozlar sentabrda qayta tiklanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Ammo buni aniq aytish mumkin emas, chunki barchasi respublikadagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq.

Yangiliklar lentasi
0