Rossiya shifokorlari O‘zbekistondagi missiyani yakunladi

© Press-slujba Ministerstva zdravooxraneniyaRossiyskie vrachi zavershili missiyu v Uzbekistane
Rossiyskie vrachi zavershili missiyu v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“COVID-19”ga qarshi kurashda hamkorlikda ishlash uchun O‘zbekistonda bo‘lgan rossiyalik mutaxassislarning missiyasi yakunlandi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. “COVID-19”ga qarshi kurashda hamkorlikda ishlash uchun O‘zbekistonda bo‘lgan rossiyalik mutaxassislarning missiyasi yakunlandi.

Gospital COVID-19 v bolnitse № 122 im. L. G. Sokolova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 15-sentabr asosiy xabarlari

Bir oy oldin  Rossiyaning nufuzli tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan 40 nafarga yaqin mutaxassisdan iborat nufuzli tibbiy guruhi respublikaga tashrif buyurgandi.

Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligida rossiyalik mehmonlarning missiyasi nihoyasiga yetganligi munosabati bilan kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Reanimatolog, pulmonolog, infeksionist, virusolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar bir oy davomida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash muassasalarida respublika shifokorlari bilan hamkorlikda ish olib bordilar.

Ular Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikalari, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan ahvoli og‘ir bemorlarni davolashda ishtirok etish bilan birgalikda barcha viloyatlaridagi yuqumli kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda O‘zbekiston shifokorlari bilan yelkama-yelka faol ish olib borib,  ming nafardan ziyod bemorga tibbiy yordam ko‘rsatishdi.

Vstrecha s predstavitelyami Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii vo glave s zamestitelem Predsedatelya Pravitelstva A. Overchukom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston soliq, bojxona va kadastr tizimlarini muhokama qilishdi

Rossiyalik mutaxassislar qizil hududlarda faoliyat yuritish bilan bir qatorda videokonferensaloqa orqali bemorlarni davolash bo‘yicha zarur tibbiy maslahatlar berishdi, tibbiyot xodimlarimiz uchun vebinarlar o‘tkazishdi, davolash protokollarini mukammallashtirish maqsadida o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishishdi.

O‘zbekistondagi bir oylik missiyasini samarali olib borgani uchun delegatsiya rahbari bo‘lmish Rossiya Federatsiyasining xizmat ko‘rsatgan shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor  Mixail Zamatinga “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi faxriy professori unvoni topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0