Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari o‘tkazildi

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaVstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi
Vstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun “G‘alaba” bog‘i hududidagi yopiq sahna maydonida Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish yozma imtihoni bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. 15-sentabr kuni “G‘alaba” bog‘i hududidagi yopiq sahna maydonida Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish yozma imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Magistraturaga tanlov “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar, shu jumladan prokuratura organlari xodimlari orasida o‘tkaziladi.

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaVstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi
Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Vstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi

Akademiya magistraturasining “Prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mutaxassisliklari bo‘yicha 2020/2021 o‘quv yiliga jami 30 ta qabul kvotasi tasdiqlangan bo‘lib, tanlov har bir o‘rin uchun 10 nafar nomzodni tashkil etdi.

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaVstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi
Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Vstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi

Yozma imtihon chet tili bo‘yicha test savollari va huquqiy mavzudagi essedan iborat.

Esse mavzulari jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, fuqarolik huquqi va fuqarolik-protsessual huquqi kabi fanlardan tuzilgan bo‘lib, nomzod o‘z bilim va qobiliyatlarini to‘laqonli namoyon etishi uchun taklif etilgan savollar orasidan o‘ziga eng yaqin bo‘lgan mavzuni tanlash imkoniyatiga ega.

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaVstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi
Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Vstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi

Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning V2 darajasiga ega bo‘lgan nomzodlarga chet tilidan imtihonsiz maksimal ball beriladi.

Kirish imtihonini xolis, ochiq va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Akademiya qabul komissiyasi tomonidan tegishli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Xususan, chet tili bo‘yicha test savollarini tuzish, imtihonni o‘tkazish va javoblarini baholash uchun Davlat test markazi jalb qilingan.

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaVstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi
Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Vstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi

Yozma imtihonni o‘tkazishda kuzatuvchi hamda imtihon javoblarini tekshirishda mutaxassis sifatida turli ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari va boshqa idoralar vakillari taklif qilingan.

Akademiya rasmiy saytida e’lon qilingan imtihon materiallari asosida tuzilgan imtihon biletlari avtomatik tarzda elektron generatsiya qilindi. Har bir nomzodga individual identifikatsion raqam berildi, imtihon javoblari esa to‘liq shifrlandi.

Imtihonni o‘tkazish jarayoni to‘liq videotasvirga olinib, Bosh prokuratura Akademiyasining Feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali onlayn tarzda namoyish qilinishi tashkil etildi.

Esse mavzulari, biletlar, suhbat savollari, shuningdek abituriyentlar ro‘yxati va ularning imtihonga kirish vaqtlari Bosh prokuratura Akademiyasining rasmiy veb-saytida oldindan e’lon qilingan.

COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan holda, imtihon o‘tkaziladigan joyga kirishdan oldin nomzodlarning tana harorati o‘lchanib, har bir nomzod alohida tibbiy qo‘lqop va niqob hamda suv bilan ta’minlandi, ularga kerakli kanselyariya jihozlari berildi.

Kirish imtihonining suhbat shaklidagi ikkinchi bosqichining o‘tkazilish vaqti qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi. 

Yangiliklar lentasi
0