O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova mablag‘larini qaytarish shartlarini kelishib oldi

CC BY-SA 3.0 / Timir01 / Gulnara Karimova.Gulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova hisobidan musodara qilingan mablag‘larni qaytarish shartlari borasida kelishuvga erishdi. Aktivlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, barqaror rivojlanish loyihalariga sarflashi kerak.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Shveysariya O‘zbekiston bilan mamlakatga Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi doirasida musodara qilingan mablag‘larni qaytarish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Shveysariya hukumati bayonotida so‘z boradi.

Ikki mamlakat imzolagan kelishuvga binoan Gulnora Karimovaga taalluqli bo‘lgan hisob-raqamlardan olingan 131 million dollar O‘zbekistonga qaytariladi.

Nari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna - Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi: Aktivlarni qaytarishda Gulnora Karimovaning roli umuman yo‘q

Yaqin kunlarda rasmiylashtirilishi kutilayotgan bitimda restitutsiya qilishning asosiy tamoyillari bayon qilingan. Xususan, O‘zbekiston qaytarilgan aktivlarni aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, barqaror rivojlanish loyihalariga sarflashi kerak. Bundan tashqari, ushbu mablag‘lar xarajati ustidan shaffof monitoring o‘rnatilishi lozim.

Gulnora Karimovaga taalluqli yana 650 mln Shveysariya franki (715 million dollar) muzlatib qo‘yilgan. Hozircha bu mablag‘lar Karimovaga nisbatan jinoiy ish ketayotganligi uchun ushlab turiladi. Ushbu mablag‘lar berilgan taqdirda ham yuqoridagi shartlar asosidagina O‘zbekistonga qaytariladi

2012 yil Shveysariya bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida 800 mln Shveysariya frankiga teng mablag‘li aktivlarni muzlatib qo‘ygan edi. Ushbu summaning 131 mln dollari 2019-yilda musodara qilingan.

Gulnora Karimova o‘tgan yilning bahoridan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21 raqamli umumiy rejimdagi koloniyada jazoni o‘tamoqda. Mart oyida Oliy sud uning 13-yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar bergan edi.

May oyida Karimovaning 10 mln dollarlik aktivi Fransiyadan qaytarilgan edi. Adliya vazirligi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan va mamlakatga qaytarilayotgan mablag‘larning sarflanishi haqida jamoatchilikni doimiy ravishda xabardor qilishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0