TOShKENT, 14 sen - Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi Sergelida qurilayotgan metro bekatlari haqida ma’lumot berdi.
"Sergeli" yo‘nalishining uzunligi 6,9 kilometrdan iborat. Yangi yo‘nalish "Choshtepa", "Toshkent xalqa yo‘li", "Sergeli", "Afrosiyob", "Qipchoq" bekatlaridan iborat.

"Sergeli" yo‘nalishida metro bekatlari qurilishi
© Mintrans Uzbekistana
Ushbu kunga qadar yer osti ishlari tugatilgan va temir-beton konstruksiya ishlarining 100% bajarilgan, 1400 dan ortiq temir-beton balkalar montaj qilingan.

"Sergeli" yo‘nalishida metro bekatlari qurilishi
© Mintrans Uzbekistana
Ayni kunlarda yer usti metro liniyalarida temiryo‘l panjaralarini o‘rnatish, elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yuqoridagi bekatlarda qurilish ishlari tugatilib, ayni chog‘da ularda qoplama ishlari amalga oshirilmoqda.

"Sergeli" yo‘nalishida metro bekatlari qurilishi
© Mintrans Uzbekistana
