Qarorga ko‘ra, 2020-yilda yetishtirilgan paxta xomashosi yig‘im-terimini tashkil etishda: mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 920 000 so‘m xizmat haqi to‘lash; qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda – 1000 so‘mdan, ikkinchi terimda – 1400 so‘mdan kam bo‘lmagan mehnat haqi to‘lash; paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalari ushbu narxlardan kam bo‘lmagan holda mustaqil narx belgilashlari; paxta xomashosi uchun mehnat va xizmat haqini har 5 kunda, zarurat bo‘lganda, har kuni to‘lash tavsiya etildi.
Bu yilgi yangi paxta mavsumi haqida batafsil Sputnik infografikasida tanishingiz mumkin.