Mustaqillik - Rossiya bu masalada Germaniyaga yordam bera olmaydi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Germanii
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya o‘zi qaror qabul qila olmasdan javobgarlikni Rossiyaga yuklamoqda - bu ularning ushbu masalada mustaqil emasligidan darak beradi.

TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Berlin aytishiga ko‘ra, Navalniy "zaharlanishiga" javob sanksiyalari "Shimoliy oqim-2"ni bloklashgacha bo‘lishi mumkin, lekin ularning qanday bo‘lishi, ko‘p jihatdan, go‘yoki, Rossiyaning ushbu surishtiruv jarayonida faol ishtirok etishiga bog‘liq:

"Biz kun tartibiga barcha variantlarni chiqaramiz va qulay vaqtda qaror qabul qilamiz. Bunday chora ("Shimoliy oqim-2"ni bloklash, tahr.) qo‘llanilmasligi uchun, Rossiya surishtiriuv jarayonida o‘z hissasini qo‘shishi mumkin", - dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas. 

Demak, Rossiya-Germaniya munosabatlarining kelajagi Kremlga bog‘liqmi?  

Aslida esa, bu nemis hukumati tarixiy qaror oldidan turganidan darak beradi - chunki uning hozirgi qaroridan Germaniya kelajagi uchun muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Rossiya-Germaniya munosabatlari uchun emas, aynan Germaniya, demak butun Yevropa kelajagi uchun. 

Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV Berlinning Navalniy to‘g‘risidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Hozirgi Navalniy voqeasi bu - Rossiya uchun emas Germaniya va Yevropa loyihasi uchun sinov. Navalniyning sirli "zaharlanishida", agar haqiqatdan ham shunday bo‘lgan bo‘lsa, haligacha ko‘p narsa aniq emas. Lekin ushbu holatdan siyosiy maqsadlarda foydalanishga bo‘layotgan urinishlar - kundek ravshan.    

Germaniyadan "Shimoliy oqim-2"ni to‘xtishni talab qilishmoqda. Deyarli qurib bitkazilgan loyihadan voz kechish juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi tayin. Bunda asosiy zarba Germaniya iqtisodiga emas - gaz quvuri qurilishi uchun sarflangan 10 milliard yevro FRG iqtisodi uchun arzimagan pul. Rossiya gazi esa baribir Ukraina orqali yetkazib berilishi mumkin. Asosiy zarba - Germaniyaning obro‘yiga tegadi.   

Ruslar nemislarning mustaqil bo‘lishiga bo‘lgan harakatiga ishonmay qo‘yadi, anglosakslar esa nemislardan o‘tgan asrlardagidek o‘z manfaati yo‘lida manipulyatsiya qilish, ularni misli ko‘rilmagan nemis manfaatlariga javob bermaydigan ishlarda foydalanishda urinishlarini davom ettirishadi.

Yevropaliklarning aksariyati esa, jumladan Rossiya bilan gaz loyihalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan Italiya va Avstriya ham, Berlin umumevropa manffatlariga zid harakat qilishga moyil ekanini ko‘rishadi. Eng asosiysi esa nemislarning o‘zi - ular haligacha o‘z suverenitetlarini qaytara olmaganliklariga  amin bo‘lishadi. Shuning uchun ham nemislarning Navalniy "zaharlanishi" ishiga javobining narxi juda qimmat - birinchi navbatda Germaniyaning o‘zi uchun.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya IIV Navalniy zaharlanishini tasdiqlovchi birorta dalil topmadi

"Shimoliy oqim - 2" - bu shunchaki ko‘rsatuvchi, timsol. Maas nima desa ham, Rossiya Berlinga hech qanday yordam bera olmaydi: bizning Navalniy "zaharlanishi" bo‘ycha o‘tkazgan barcha surishtiruvlarimiz natijasi, Germaniya hukumatining mustaqil qaror qabul qilish zaruratidan forig‘ qila olmaydi. Ushbu qaror natijasi - hatto Qrim tufayli Rossiya bilan boshlangan sanksiyalar urushidan ham kattaroq bo‘ladi. 

So‘nngi bir necha yil davomida Berlin anglosakslar va ularning G‘arbiy Yevropalik yo‘ldoshlarining "Shimoliy oqim-2" ni to‘xtatishga qarartilgan harakatlariga qarshi chiqib kelayotgan edi. Ularning asosiy vaji - Shimoliy oqim-2 ishga tushsa Ukraina gaz tranziti uchun olayotgan pullaridan mahrum bo‘lishi (va unda qanday qilib biz uni Rossiyadan ajratib olamiz) kabi sabablardan iborat edi. 

Gazning bir qismini Ukraina orqali sotib olish haqidagi shartnoma imzolanganidan so‘ng esa, ular o‘z fuqarolarini zaharlab o‘ldiradigan "zulmkor davlatdan" gaz sotib olish yaxshi emas" deyishga o‘tishdi. Keyin esa - Germaniya uni Rossiya xavfidan himoya qilayotgan Amerikaga qo‘shimcha pul to‘lashi kerakligi haqidagi savol ko‘tarildi.

Sudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude - Sputnik O‘zbekiston
"Novichok" "Shimoliy oqim — 2" taqdirini hal eta oladimi?

Berlin bularning hammasini eshitib, gaz quvurini qurishda davom etdi. Shu orada Buyuk Britaniya YeIni tark etdi, AQSh bilan munosabatlar tobora taranglasha boshladi. Bunday vaziyatda Germaniya rahbariyati o‘z manfaatlarini himoya qilishi va o‘zining Yevropa yetakchisi nomini himoya qilishi kerak edi. Undan tashqari ko‘plab nemislar Germaniyaning eng katta muammosi - Rossiya emas AQSh deb hisoblaydi. Buni germeniyalik siyosatchilar juda yaxshi tushunishadi. Shu sababli tashqi bosimga yon berish shart emas edi. 

Navalniy voqeasini "Shimoliy oqim-2" taqdiri bilan bog‘lash navbatdagi fitna bo‘lishi boshidan ma’lum edi, lekin Berlin buni e’tiborga olmaydi degan umid bor edi. So‘nggi 3 hafta ichida nemis OAVlari va siyosiy davralarida shunchalik katta shovqin ko‘tarilganki, atlantikachilar barcha kuchlarini ishga solgan ko‘rinadi. 

Masalan, sobiq tashqi ishlar vaziri Yoshka Fisher axloqiy sabablarga ko‘ra ShO-2ni to‘xtatish taklifi bilan chiqqan. 

"YeI ichki noroziligiga qaramasdan, Federal hukumat Rossiyaga ushbu gaz quvurini qurishda yordam berishga qaror qilib, juda katta strategik xatoga yo‘l qo‘ydi. Oqibatda biz bundan juda katta iqtisodiy va siyosiy zarar ko‘rdik", - deb yozadi Fisher. 

Shundan so‘ng Fisher Skripallar ishi, Tirgarten maydonidagi qotillik, Nemsovning o‘ldirilishi va boshqa hodisalarni esga oladi. - Rossiya kabi ishonchsiz hamkor bilan uzoq muddatli biznes olib borish qanchalik aqlli ish?, - deb savol qo‘yadi. "Menimcha mutlaq aqlsiz. Biz kim bilan ishlayotganimizni unutmasligimiz kerak" - deb xulosa qilgan sobiq siyosatchi.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Yevropaning 24 ta davlati “Shimoliy oqim-2”ga qarshi AQSh sanksiyalariga e’tiroz bildirdi

Germaniya sobiq kansleri Gerxarda Shrederni esa darhol kim tomonda ekanini aniqlashtirish va "Nord-Strim" hamda "Rosneft" kompaniyalaridagi lavozimlaridan voz kechishni talab qilishmoqda. 

"Kansler inson huquqlarini tan oladimi yoki yo‘qmi - u hozir qaror qabul qilishi kerak", - deyilgan talabnomada. 

Ya’ni ular sobiq kanslerni "axloqsizlikda" ayblashmoqda. 

Germaniya parlamenti "Chap" fraksiyasining sobiq rahbari Sara Vagenknext ushbu masalaga idrok va halollik bilan yondashishni talab qilmoqda. Navalniy tufayli ShO-2dan  voz kechishni talab qilayotganlar Germaniyaning boshqa xom- ashyo yetkazib beruvchilarini ham xuddi shunday prinsipga asosan baholanishi va jazolanishi kerak.  

"Bu ish uchun hatto Kreml javobgar bo‘lsa ham (hozircha bunga hech qanday dalil yo‘q) bu, biz neft sotib olayotgan,   Saudiya Arabistonidagidek muxolifatchilarning boshini kesib olish yoki o‘lgunicha kaltaklashdek - razil yoki bizga o‘zlarining slanes gazini sotayotgan AQShning  ko‘p marotaba tinch aholini uchuvchisiz samolyotlar yordamida tilka-pora qilishidek - xunuk ish esmas", - dedi Sara Vagenknext. 

Bu hatto ikkiyoqlama standart ham emas - Navalniy "zaharlanishi"da eng hayratlanarlisi Rossiya hukumatining ushbu jinoyatda ayblanishi emas, zaharlanish bo‘lganmi-yo‘qmi - mana shu ham isbotlanmaganida. 

Germaniya hukumati Rossiya TIV so‘roviga uzoq vaqtdan beri ataylab javob bermayapti. Sergey Lavrov esa Germaniyaning Navalniy "zaharlanishi" da Rossiya ishtirokidagi bayonotlariga "mutlaq qabul qilib bo‘lmaydigan munosabat" deb javob qaytarishga majbur bo‘lmoqda. 

Shuningdek Rossiya TIVi "hech narsa bilan tasdiqlanmagan ayblovga asoslanib ultimatum qo‘ygani uchun Germaniya elchisi Gez fon Gayrga "qat’iy norozilik" bildirdi va "agar Berlin Navalniy zaharlanishining tibbiy dalillarini keltirmasa, Moskva FRG hukumati haqiqatni aniqlash va obyektiv tergov o‘tkazishdan bosh tortishda ayblashi haqida" ogohlantirdi. 

"Bunday holda Germaniya harakatlari Rossiyaga qarshi uyushtirilgan qo‘pol va dushmanga xos fitna sifatida baholanadi. Bu esa nafaqat Rossiya-Germaniya munosabatlarini buzilishiga balkim xalqaro vaziyatning jiddiy yomonlashuviga olib keladi", - deyilgan TIV bayonotida. 

Ana shunday keskin ogohlantirishlar - Rossiya tomonidan nemis rahbariyatiga ko‘rstiladigan yagona yordam turi bo‘lishi mumkin. Berlin esa - nafaqat rossiya-germaniya munosabatlari, balkim Germaniya kelajagi, uning mustaqilligi va butun Yevropa uchun javobgarlini haqida ham o‘ylab ko‘rishi kerak. Javobgarlikdan qochish, oqibatida qo‘yilgan xato uchun judda qimmat narx to‘lashga to‘g‘ri keladi - Rossiya emas balkim bizning buyuk g‘arbiy hamkorimizga. 

Yangiliklar lentasi
0