O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

© MChS UzbekisanaPokazateli seysmografa vo vremya zemletraseniya
Pokazateli seysmografa vo vremya zemletraseniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Namanganda zilzila 3 ballni tashkil etgan.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila 13-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 05:13 da sodir bo‘lgan.

Zilzila koordinatalari: 40,83 gradus shimoliy kenglik; 71,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 6 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 211 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Namangan : 19 km, 3 ball.

Andijon : 57 km, 2 ball.

Farg‘ona : 51 km, 2 ball.

Yangiliklar lentasi
0