Pandemiya qancha xorijlik talabalarning Rossiyaga kirishiga imkon bermayapti

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chet ellik talabalarning Rossiyaga qaytishi oy oxiriga qadar muayan bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. 100 ming nafardan ziyod xorijlik talabalar epidemiologik sabablarga ko‘ra hali Rossiyaga OTMlarda tahsil olish uchun kirib kelmadi. Bu haqda Rossiya ta’lim va ilm-fan vaziri Valeriy Falkov ma’lum qildi.

“Rossiyaga hali 100 ming nafardan ziyod xorijlik talabalar kirib kelmadi”, - dedi u.

Rossiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, talabalar mamlakatidagi epidemiologik vaziyat tufayli ularning Rossiyada tahsil olishi uchun kirishiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror hozircha qabul qilinmagan.

Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada chet ellik talabalarning ishlashi osonlashdi - yangi qonun

Shuningdek, u Rossiya OTMlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida ekanini ta’kidladi.

“Universitetlarimizga yordam ko‘rsatdik, ular har bir chet ellik talaba, ayniqsa, birinchi bosqich talabalari bilan alohida ishlashmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Falkov.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chet ellik talabalarning Rossiyaga qaytishi oy oxiriga qadar muayan bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

Rossiyada maktablar va oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 1-sentabrdan an’anaviy tarzda boshlandi. O‘quvchilar va talabalar bevosita ta’lim dargohiga qatnab, tahsil olishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0