Bulung‘urda yo‘lda mast yotgan yosh yigitni mashina bosib ketdi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Samarkandskoy oblasti avtomobil sbil 20-letnego pyanogo parnya, lejavshego na doroge
V Samarkandskoy oblasti avtomobil sbil 20-letnego pyanogo parnya, lejavshego na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi yo‘lning o‘rtasida mast holda choponga o‘ranib yotgan 20 yoshli A.E.ni ustidan bosib o‘tgan. YTH oqibatida yosh yigit shifoxonada vafot etgan.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida  yo‘lda yotgan 20 yoshli yigitni “Neksiya” bosib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

DTP v Djizzake - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Lacetti katta tezlikda avariya sodir qildi va yonib ketdi

Hodisa 11-sentabr kuni soat 5:30 larda tuman hududidan o‘tgan 4M 503 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida sodir bo‘lgan. 30 yoshli “Neksiya” avtomobili haydovchisi M.A. yo‘l qatnov qismining o‘rtasida mast holda choponga o‘ranib yotgan piyoda 20 yoshli A.E.ni ustidan bosib o‘tgan.

Natijada 20 yoshli A.E. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0