TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Amerikaning “Sandvine” kompaniyasi Belarus hukumatiga prezident saylovlari vaqtida mamlakatdagi saytlarni bloklash uchun texnologiyalar taqdim etgan. Bu haqda “Bloomberg” agentligi o‘z manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, AQSh firmasi vakillari mamlakatning rasmiy shaxslari bilan uchrashgan, so‘ngra esa Minskka zaruriy jihozlarni keltirishgan.
“Sandvine” agentlikka izoh bermagan, shuningdek, Belarus IIV ham agentlik so‘roviga javob bermagan.
Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovlari vaqtida butun mamlakat bo‘ylab internet bilan muammolar yuzaga keldi. Xususan, yomon aloqa tufayli saytlar, jumladan, davlat saytlari yuklanmagan. Qidiruv tizimlari va YouTube ishlamagan, messenjerlarda ham uzilish kuzatilgan. 12-avgust kuni ertalab Minskda mobil internet va ijtimoiy tarmoqlar ishi qayta tiklangan.