Pentagon Ikkinchi jahon urushi darajasidagi urushga tayyor bo‘lishga chaqirmoqda

Obuna bo‘lish
Braunning aytishicha, Vashington AQSh harbiy salohiyatiga teng keluvchi salohiyatga ega davlat bilan to‘qnash kelishi mumkin. Va u ameprika qo‘shinlari so‘nggi ikki o‘n yillikda olib borgan harakatlardan keskin farq qiladi.

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. AQSh bo‘lajak urushni qudrati jihatdan o‘ziga teng derjava bilan olib boradi va u ulkan qurbonlarga sabab bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi amerika HHK shtab rahbari Charlz Braun. Uning "O‘zgarishlarni tezlashtirish yoki boy berish" mavzusidagi dokladidan iqtiboslar Defense News portalida keltirilgan.

Starie lekala: SShA i YeS gotovi rassledovat otravlenie Navalnogo - Sputnik O‘zbekiston
"Bu urush": Berlin va Varshavaning Navalniy bo‘yicha qiziq suhbati e’lon qilindi

"Biz urushni Ikkinchi jahon urushi davrida yuz bergan jangovar yo‘qotishlar va xalqqa qarshi xatarlarga o‘xshash xavflar bilan olib borishga tayyor bo‘lishimiz kerak", - degan Braun.

Shtab rahbarining ta’kidlashicha, avvalgi rahbariyatning qarorlari Hitoy va Rossiya bilan bo‘layotgan shiddat bilan o‘zgaruvchi poygada zarur bo‘lgan natijalarga erishishga imkon qoldirmagan.

Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Roshal koronavirus pandemiyasini biologik urushning tayyorgarligi deb atadi

Braunning aytishicha, Vashington AQSh harbiy salohiyatiga teng keluvchi salohiyatga ega davlat bilan to‘qnash kelishi mumkin. Va u ameprika qo‘shinlari so‘nggi ikki o‘n yillikda olib borgan harakatlardan keskin farq qiladi.

"Kelajakdagi urush qirg‘oqlarimizdan chetda qolmaydi", - deya xulosa qilgan amerika HHK shtabining yangi rahbari.

Ta’kidlanishicha, Braun HHK rivojlantirish yuzasidan o‘z qarashlari haqida 14-sentabr kuni ma’lumot beradi.

Charlz Braun shtab qo‘mondonligini 6-avgust kuni qabul qilib olgan.

Yangiliklar lentasi
0