O‘zbekistonda bog‘chalar 14-sentabrdan ochilishi boshlanadi - MTV

© REUTERS / Arnd WiegmannDeti v detskom sadu posle oblegcheniya karantinnix mer v Shveysarii
Deti v detskom sadu posle oblegcheniya karantinnix mer v Shveysarii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktabgacha ta’lim vazirligi qator talablarga javob bergan holda barcha viloyatlarda bog‘chalar ochilishiga ruxsat berdi.

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 14-sentabrdan viloyatlarda ham davlat bog‘chalari ochilishi boshlanadi. Bu haqida Maktabgacha ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar qilindi, Daryo.uz xabariga asosan. 

"Maktabgacha ta’lim vazirligi 7-sentabrdan 14-sentabrgacha Toshkent va Toshkent viloyatining tumanlarida bittadan MTTning ochilishini yo‘lga qo‘ydi. MTTlarining faoliyatini faqatgina xalq deputatlari Kengashi hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ruxsati bilan muayan MTTga qatnovchi bolaning ota-onasi roziligi bilan amalga oshiriladi.

14 sentabrdan boshlab ushbu jarayon butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.

Birinchi o‘rinda, katta va 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar tayyorlov guruhlari ochiladi. O‘rta guruhlarning (4-5 yoshdagi bolalar) ochilishi oktabr oyiga, kichik guruhlarning (3 yoshdagi bolalar) ochilishi noyabr oyiga mo‘ljallangan. Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari, Jahon banki ko‘magida 14 mingta infraqizil kontaktsiz termometrlar sotib olindi. Moslamalarning viloyatlarga yetkazib berilishi va tarqatilishi sentabr oyining ikkinchi yarmida amalga oshirilishi rejalashtirilgan", – dedi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishga tushishi uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak: 

  • MTTlarda toza suv zaxirasi, tozalovchi va dezinfeksiya vositalari mavjud bo‘lishi;
  • binolarda kuniga 3 marotaba tozalovchi vositalar yordamida suvli va 1 marotaba dezinfeksiya vositalari orqali tozalash ishlari, bundan tashqari, ko‘p muomalaga kirishuvchi yuzalarning 4 karra dezinfeksiyasi amalga oshiriladi;
  • bola tarafidan bo‘lgan vakillar MTT hududiga kiritilmaydi;
  • kirish joylarida odamlar to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi, tarbiyalanuvchilar tasdiqlangan jadval asosida kuzatib qo‘yiladi va olib ketiladi, ularni tarbiyachilar qabul qilib oladi; 
  • Ochiq havodagi mashg‘ulotlar va sayrlar paytida bolalar, tarbiyachilar va ularning yordamchilarining bevosita munosabatiga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • tuman hokimiyatlari mahalliy budjet hisobidan suv ta’minoti tizimiga ulanmagan va artezian quduqlariga ega bo‘lmagan davlat MTTga uzluksiz suv zaxirasini yetkazib berilishini ta’minlaydi;
  • Davlat MTTlarni dezinfeksiyalash va tozalash vositalari, qo‘llar uchun zaruriy antiseptik vositalar bilan ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin aytishiga qaraganda karantin vaqtida 14 mingta MTTlar, xususan, 6 mingta davlat, 6700 ta oilaviy, 753ta xususiy va 692 ta DXSh asosidagi MTTlar faoliyatini to‘xtatgan edi. MTT xodimlari to‘lanadigan mehnat ta’tiliga yuborildi yoki masofaviy ishlash tartibiga o‘tkazildi. Shu bilan birga, 9 foiz xodimlar o‘z xohishiga ko‘ra haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqishgan.

Yangiliklar lentasi
0