O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar 45 mingdan oshdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishSotrudnik meditsinskoy slujbi mejdunarodnogo provodit ekspress-testirovanie passajira na COVID-19 sistemoy EMG.
Sotrudnik meditsinskoy slujbi mejdunarodnogo provodit ekspress-testirovanie passajira na COVID-19 sistemoy EMG. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tun davomida yana 230 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning aksariyati Toshkentda shahrida. Shuningdek, koronavirusga chalingan ikki kishi vafot etdi.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida yana 230 kishida koronavirus aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 45 160 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

U vsex posetiteley s pomoshyu teplovizora izmerayetsya temperatura tela pri vxode na rinok i dezinfitsiruyetsya ruki antiseptikami - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda kasallanish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

Yangi kasallanganlarning 150 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, yana 5 nafari Surxondaryo viloyatida, hamda 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli S.J. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli B.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 368 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 42 212 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 580 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0