TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Bloomberg xabarig ko‘ra, Yevropa Ittifoqining ayrim a’zolari tomonidan Belarusga qarshi kiritilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar bloklab qo‘yilgan. YeOII instituti direktori Vladimir Lepexin Sputnik radiosi efirida ushbu vaziyat haqida o‘z fikrini bildirdi.
Bloomberg aytishiga qaraganda, Yevroittifoq tomonidan Belarusga qarshi sanksiyalar kiritilishini Kipr bloklab qo‘ygan. Xabarda aytilishicha, Kipr ushbu qadamni qo‘yishda o‘z manfaatlarini ko‘zlagan. Xususan ushbu u YeI sanksiyalar ro‘yxatiga Kipr iqtisodiy hududida tabiiy gaz qazib olish ishlarida ishtirok etgan 7ta turk kompaniyasini ham kiritishni talab qilgan.
Belarusga qarshi sanksiyalar kiritish uchun YeIning barcha 27 davlati roziligi kerak.
YeOII instituti direktori Vladimir Lepexin fikriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi qarorlarida uzoq vaqtdan beri yakdillik yo‘q.
"Biz Yevropaning ikki yirik davlati - Fransiya va Germaniya bu masalada o‘z nuqta nazarlarini allaqachon o‘zgartirishining guvohi bo‘ldik. Ular iqtisodiy sanksiyalar kiritishga umuman qarshi. Demak Yevropada - ixtilof yuzaga kelgan.
Belarusda bo‘layotgan voqealarni Polsha, Litva kabi davlatlar Britaniya va Vashington emas bir qator amerikalik demokratlar (Jorj Soros tarafdorlari) ko‘magida amalga oshirmoqda. Belarusga hujum qilayotganlar, Rossiyaga va Belarusga qarshi sanksiyalarni ham qo‘llab-quvvatlashmoqda. Lekin so‘nggi vaqtda ularni barcha qo‘lab-quvvatlamayapti. O‘yin davom etmoqda. Oldingi yakdillik va qo‘shimcha sanksiyalar e’lon qilinmayapti.
Nima sababdan "belarus revolyutsiyasi"ning davom etish imkoni yo‘q? Chunki haddidan oshgan qo‘zg‘olonchilarni - aniqrog‘i polsha va litvalik siyosatchilarni Yevropaning ko‘plab mamlakatlari qo‘llab quvvatlamayapti. Revolyutsiya to‘xtab qolmoqda, uni kuch ishlatish bosqichiga o‘tkazishning imkoni bo‘lmayapti. Rossiya Belarusga yordam berishni va’da berdi. Buni G‘arbda hamma tushunadi. ", – dedi Lepexin.
Oldin YeI Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarini halol va odilona emas deb atagan edi va ularning natijasini tan olishdan voz kechgan edi. Undan tashqari YeI rahbarlari Minskka qarshi individual sanksiyalar kiritishga kelishib olishdi. Estoniya Litva va Latviya 30 nafar Belarus mansabdorlariga nisbatan o‘z mamlakatiga kirishga ta’qiq qo‘yishdi. Yevrokomissiya kirish ta’qiqlangan Belarus mansabdor shaxslari ro‘yxatini kengaytirishni va’da berdi.