TOShKENT, 10 sen - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki Asosiy stavkani 1%ga pasaytirib, yillik 14 % darajasida belgiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bank xabariga ko‘ra, ushbu chora pandemiya sharoitida iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash: ichki talabni va kreditlar miqdorini oshirish hamda inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan.
Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozi 11-12,5 % darajasida o‘zgarishsiz saqlanib qolindi va bunda inflyatsiyaning prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada shakllanish ehtimoli ortmoqda.
Markaziy bank Hukumat bilan birgalikda 2023-yilga qadar inflyatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi.
Markaziy bank xabari bilan batafsil quyida tanishing.