Bayrutda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

© AFP 2023 / ANWAR AMROPojar v Beyrute
Pojar v Beyrute - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Livan poytaxti Bayrut shahridagi avtomobil shinalari va moylari saqlanadigan omborga o‘t ketgan.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda yana kuchli yong‘in yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, avtomobil shinalari va moylari saqlanadigan omborga o‘t ketgan.

“Hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda, ularga armiya vertolotlari yordam bermoqda”, - deyilgan xabarda.

​Eslatib o‘tamiz, Livan poytaxti Bayrut shahrida 4-avgust kuni ham dahshatli portlash yuz bergan edi. Portlash Bayrut portida olti oy davomida kerakli tartibda saqlanmagan 2 750 tonna ammiak selitrasi sabab yuzaga kelgan. Portlash oqibatida 190 kishi qurbon, olti mingdan ziyod kishi esa jarohat olgan.

Yangiliklar lentasi
0