TOShKENT, 9 sen — Sputnik. YeOII davlatlari rahbarlari O‘zbekistonga kuzatuvchi davlat maqomini berish masalasini yil oxiridagi Yevroosiyo iqtisodiy oliy kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisining yordamchisi Iya Malkina onlayn brifing davomida ma’lum qildi.
“An’anaviy ravishda Oliy davlat kengashi yil oxirida yig‘ilish o‘tkazadi, biz rejalashtirapmizki, bu yil mazkur an’ana buzilmaydi. Jumladan o‘ylaymizki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida O‘zbekistonga kuzatuvchi davlat maqomini berish masalasi ham davlat rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi”, - dedi Malkina.
Sentabr boshida YeIK O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini taqdim etish masalasini ko‘rib chiqdi.
Sal oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga mamlakatga kuzatuvchi-maqomini taqdim etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish iltimosi bilan murojaat qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Oliy Majlis senati O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomida ishtirok etish qarorini ma’qullagan edi.
YeOII to‘g‘risidagi Shartnomaning 109-moddasiga muvofiq, kuzatuvchi davlat vakillari, qaror qabul qilish huquqisiz Ittifoq organlari yig‘ilishlarida taklifnoma asosida qatnashishlari va maxfiy xarakterga ega bo‘lmagan qabul qilingan hujjatlarni olish huquqiga egadirlar.