Qozog‘istonda daydi jonivorlar izolyatorida zo‘rlangan itlar aniqlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPriyut dlya bezdomnix jivotnix v Moskve
Priyut dlya bezdomnix jivotnix v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Veterinarlarning ma’lum qilishicha, to‘rtala it olgan jarohatlar bir xil. Shikastlar bir necha kun farqi bilan yetkazilgan. Volontorlar politsiyaga ariza yozishdi

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Qozog‘istonlik volontorlar Nur-Sultonda to‘rtta zo‘rlangan daydi kuchuk va mushuklarni aniqlashgani haqida ma’lum qilishdi. Jonivorlarning to‘rttasi jinsiy a’zolarida yirtilishlar bilan veterinariya klinikasiga olib borilgan.

Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda rashkchi er o‘z xotini jazmanini jinsiy a’zosidan mahrum qildi

Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.

Seshanba kuni volontorlar to‘rtta it ustida jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik amalga oshirilgani faktini tasdiqlovchi tibbiy xulosani qo‘lga kiritganlar.

"Jonivorlardan birida qon ketish kuzatilayotgan edi. Uni zudlik bilan klinikaga olib bordik. 7-sentabr kuni yana uchta itni klinikaga yetkazdik va politsiyaga murojaat qildik. 8-sentabr kuni izolyatordagi to‘rtala it ustidan jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik amalga oshirilgani to‘g‘risidagi faktni tasdiqlovchi tibbiy xulosani qo‘lga kiritdik. O‘sha kunning o‘zidayoq "Astana Vetservis" rahbariyatini yuz bergan shafqatsizlik haqida og‘zaki ogohlantirdik. Ertasi kuni yozma shaklda ogohlantirish yo‘lladik", – deyiladi xabarda.

Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston
Niderlandiyada jinsiy zo‘rovonlik qurboni bo‘lgan qiz evtanaziya qilindi

Veterinarlarning ma’lum qilishicha, to‘rtala it olgan jarohatlar bir xil. Shikastlar bir necha kun farqi bilan yetkazilgan. Xabarda aytilishicha, jonivorlar ushbu izolyatorda anchadan buyon saqlanib keladi. Volontorlar ushbu ish albatta o‘z yakuniga yetkazilishiga umid bildirganlar. Volonterlarning fikricha, itlar ustidan zo‘ravonlik, chamasi doimiy xarakter kasb etadi va pul topish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0