Yil boshidan buyon o‘lim bilan bog‘liq nechta YTH sodir etildi

© Press-slujba MVD UzbekistanaDTP v Navoiyskoy oblasti
DTP v Navoiyskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika hududida 2020-yilning 8 oyida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risidagi statistika e’lon qilindi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. IIV YHXBB joriy yilda O‘zbekistonda sodir etilgan YTHning 8 oylik statistikasini e’lon qildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda o‘lim bilan bog‘liq 991 ta YTH sodir etilgan. Bu o‘tgan yilga qaraganda 17,1 foizga kamroq. Tan jarohati bilan bog‘liq YTHlar soni esa 2605 tani tashkil etmoqda.

Shundan 1528 tasi piyoda, 619 tasi bolalar, 471 ta velosiped, 108 ta motosikl, 112 ta litsenziyasiz taksi, 198 ta boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida sodir etilgan.

V Ferganskoy oblasti stolknulis “Spark” i KamAZ: pogibli dvoe - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada ayanchli YTH: ikki kishi KamAZ ostida halok bo‘ldi

Joriy davrdagi YTHlarning 22,9 foizi - xalqaro yo‘llarda, 48,9 foizi  davlat ahamiyatidagi yo‘llarda, 28,2 foizi - mahalliy yo‘llarda ro‘y bergan.

Hududlar kesimida eng ko‘p — Farg‘ona viloyati (550), Toshkent viloyati (429), Toshkent shahrida (396) YTH sodir bo‘lgan. Eng kam Sirdaryo viloyatida (91).

Ta’kidlanishicha, YTHning kelib chiqish sabablariga eng ko‘p piyoda yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi (28,4%), belgilangan tezlikka rioya qilmaslik (17,1%), velosipedlar yo‘lning qatnov qismida harakatlanishi YTHga olib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0