O‘zbekistonda 14-sentabrdan boshlab maktablar ochiladi. XTV tomonidan beligilangan "gibrid" ssenariyga ko‘ra, ota-ona o‘z farzandini o‘qishga yuborishi yoki masofaviy ta’limni tanlashi mumkin.
Maktabga keladigan har bir o‘quvchining temperaturasi o‘lchanadi, turli sinf o‘quvchilari uchun maktabga kelish vaqtlarini har xil qilish rejalashtirilmoqda.
Maktab binosi ichida bolalar harakatini imkon qadar cheklanish, bitta sinf o‘quvchilari faqat bir xonada dars o‘tishini ta’minlash belgilangan.
Sinfxonalari va boshqa sathlar (partalar usti, stol-stullar) va o‘quvchi qo‘li tegishi mumkin bo‘lgan joylar kun davomida bir necha marotaba dezinfeksiya qilinadi. Sinf xonalari muntazam shamollatiladi.
Maktablarga issiq o‘lchaydigan uskuna - pirometrlar va antiseptiklar markazlashgan holatda beriladi.
Pandemiya vaqtida o‘qish qanday tashkil qilinishi haqida batafsil Sputnik infografikasida.