Toshkent shahri tarkibida yangi tuman paydo bo‘ldi

© Sputnik / StringerVid na telebashnyu v Tashkente
Vid na telebashnyu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri hududidan 2 131,2 gektar hamda Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar yer maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani tashkil etildi.

Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

O‘zgarishlarga ko‘ra, Toshkent shahri hududidan 2 131,2 gektar, shu jumladan, Sergeli tumanidan 1 864,2 gektar va Bektemir tumanidan 267,0 gektar hamda Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar, ya’ni Zangiota tumanidan 492,0 gektar, Quyichirchiq tumanidan 128,7 gektar, Yangiyo‘l tumanidan 264,4 gektar va O‘rtachirchiq tumanidan 1 403,3 gektar yer maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumanida barpo etilgan yangi turar joy mavzesi hududida poytaxt hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida "Yangihayot" kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0