TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.
“Marhumda koronavirus infeksiyasi aniqlanib, davolanishda bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.
G‘ayrat Begaliyev 2020-yil 4-mart kuni Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan edi.
6 sentabr kuni Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari Mansur Rahmonov ham vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov koronavirusdan vafot etgan edi.