O‘zbekistonda tez yordamga murojaatlar soni oshdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
26 avgustdan boshlab, so‘nggi 5-6 kun ichida, tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 mingtacha oshdi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 26-avgustdan boshlab, so‘nggi 5-6 kun ichida, tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 mingtacha oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Farrux Sharipov ma’lum qildi.

Vrach i patsiyenti v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish va o‘lim holatlari kimlarda ko‘proq uchramoqda

“Tahlil etadigan bo‘lsak, oxirgi 5-6 kundagi statistikaga ko‘ra, 26-avgustdan boshlab tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan, 34,2 mingtacha oshgan. Ushbu murojaatlarning o‘tkir respirator bilan bog‘liq chaqiruvlarning soni 2,2 mingdan 3,0 mingtagacha oshdi. Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha ko‘paygan”,  - dedi u.

Shu bilan birga, ambulator-poliklinika muassasalariga arterial bosimning ko‘tarilishi, ortiqcha vazn, qandli diabet kabi xastaliklar bilan murojaatlar ko‘paygan. Pnevmoniya belgilari sabab qilingan murojaatlar soni 244 nafardan 305 nafargacha oshgan.

Farrux Sharipov bu hammani yana bir bor ogoh, hushor bo‘lishga, shuningdek, karantin talablariga qat’iy amal qilishga chorlanishini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0