O‘zbekiston sentabrda Rossiya bilan aviaqatnovlarni tiklashi mumkin – Yusupaliyev

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakatlar o‘rtasida muntazam parvozlar sentabrda qayta tiklanishi mumkin. Ammo buni aniq aytish mumkin emas, chunki barchasi respublikadagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev Rossiya bilan ehtimoliy aviaqatnovlar tiklanishi borasida fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakatlar o‘rtasida muntazam parvozlar sentabrda qayta tiklanishi mumkin. Ammo buni aniq aytish mumkin emas, chunki barchasi respublikadagi oldindan aytish qiyin bo‘lgan epidemiologik vaziyatga bog‘liq.

Brifing, posvashenniy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaksine ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiya vaksinasini xarid qilish imkoniyatini o‘rganmoqda

O‘zbekiston barcha turdagi xalqaro qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklaydi

“Balki sentabr oyida ham ocharmiz. Lekin tushuning, biz 15-maydan ikki oy karantin qildik, keyin choralar yumshatildi, va oqibatda kasallanish holatlari oshib ketdi va 15 avgustgacha yana karantin e’lon qilishga majbur bo‘ldik. 15-avgustdan u ozgina yumshatildi, 5-sentabrdan esa yangi yumshatishlar kiritildi. Biz barcha davlatlar singari maktablarni va maktabgacha muassasalarni ochapmiz. Bizga respublikadagi vaziyatga baho berish uchun vaqt kerak. Agar kasallanish holatlari kamayib borsa, bu aviaqatnovlarning tiklanishiga zamin yaratadi”, — dedi Yusupaliyev “Ъ” bilan suhbatda.

Rossiya yana uch mamlakat bilan parvozlarni tikladi

Eslatib o‘tamiz, 3-sentabr kuni Uzbekistan Airways BAA, Germaniya, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan muntazam xalqaro parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashini e’lon qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0