Test savollarini rasmga olib tarqatgan abituriyentlar natijasi bekor qilinadi - DTM

© Press-slujba xokimiyata Buxarskoy oblastiAbituriyenti gotovatsya sdavat vstupitelnie ekzameni
Abituriyenti gotovatsya sdavat vstupitelnie ekzameni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Test savollarini tarqatgan abituriyentlar aniqlanadi va ularning ballari hisobga olinmaydi, dedi DTM raisi o‘rinbosari.

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Test savollarini rasmga olib tarqatgan abituriyentlar natijasi bekor qilinadi. Bu haqida  DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov xabar qildi.

“Test sinovlariga telefon olib kirib, savollar kitobini tarqatib yuborilgan holatlar uchramoqda. Savollar kitobini kim tarqatganini aniqlash qiyin emas. Biz test savollarini tarqatgan abituriyentlarni aniqlantiramiz va ularning to‘plangan ballari hisobga olinmaydi, test sinovlaridan chetlashtiriladi”, dedi Sardor Rajabov.

DTM xabariga ko‘ra, shu kunga qadar 78 nafar abituriyent imtihonlardan chetlatilgan. Ulardan 26 nafari telefon va elektron qurilmalar olib kirmoqchi bo‘lgani uchun va yana 2 nafar abituriyent test materiallarini olib chiqmoqi bo‘lgani uchun. Eng ko‘p qoidabuzarlik holatlari Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, test sinovlari 13-sentabrigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0