Qibrayda uyida kannabis yetishtirayotgan muqaddam sudlangan pensioner qo‘lga olindi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishIzyatie marixuani
Izyatie marixuani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari giyohvandlik moddalari yetishtirish uchun 11-yil qamalib chiqqan 70 yoshli fuqaroning uyidan 6 kg marixuana va 26 tup kannabis musodara qilindi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Qibray tumanida dala hovlisida ko‘p miqdorda kannabis o‘simligi yetishtirib, uyida marixuana saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu tadbir IIBB JQB Uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Meropriyatie po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida marixuana qovurayotgan shaxslar ushlandi

Ta’kidlanishicha, 2011-yil­da taqiqlangan ekinlar, ya’ni, giyohvandlik moddalari yetishtirish va o‘tkazish bilan shug‘ullangani uchun 11-yilga ozodlikdan mahrum qilinib, bugungi kunda ozodlikda bo‘lgan 70 yoshli nafaqaxo‘r B.D. dala hovlisidagi issiqxonasida jami 26 tup kannabis (tarkibida giyohvand moddasi bo‘lgan) o‘simligini parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, uning xonadonida 6 kg marixuana giyohvandlik moddasi saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi hamda 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0