SSV: dezinfeksiya tunnellari – koronavirusga qarshi eng foydasiz chora

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVo vsex rinkax pri vxode ustanovleni dezinfeksionnie tunneli dlya posetiteley
Vo vsex rinkax pri vxode ustanovleni dezinfeksionnie tunneli dlya posetiteley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bunday tunnellar insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va xattoki og‘ir kasallik hisoblanuvchi – bronxial astmaga olib kelishi mumkin.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi dezinfeksiya tunnellarini koronavirusga qarshi eng foydasiz chora deb atadi.

Ta’kidlanishicha, bunday tunnellarning inson organizmiga zararli tomonlari bor.

Vrach i patsiyenti v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish va o‘lim holatlari kimlarda ko‘proq uchramoqda

“Dezinfeksiya chorasi sifatida xlorli eritmalardan foydalanishni dunyo davlatlari tajribadan o‘tkazishdi. Amerikalik ekspertlarning ta’kidlashicha, ko‘chalarni dezinfeksiya qilish va dezinfeksiya tunnellaridan keng foydalanish ko‘proq insonlarni vahimaga tushmasligi yoki ularni tinchlantirish maqsadida amalga oshirilgan. Va, shuni aytish lozimki, hanuzgacha buning samarasi isbotlanmagan”, — deydi Respublika  ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, dezinfeksiya tunnellarida foydalaniladigan xlorli eritmalar tibbiyotda juda  ko‘p yillardan beri  ishlatiladi va uning inson organizmiga  xatarli ta’siri juda kuchli.

Bu yuqori nafas yo‘llarining yengil qizarishidan to yengil kuyishgacha bo‘lgan xolatlarni chaqiradi. Buning natijasida insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va xattoki og‘ir  kasallik hisoblanuvchi – bronxial astmaga olib kelishi mumkin.

Xabarda maktablar faoliyatini qayta tiklash masalasi o‘rtaga chiqqanda, bolalarning sog‘ligiga salbiy ta’sirlari inobatga olinib,  SSV ta’lim muassasalari oldida dezinfeksiya tunnellarini o‘rnatish qat’iyan man etilishini ta’kidlagani qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham bunday tunnellarning samaradorligi isbotlanmaganligini bildirgan.

Raziqova dezinfeksiya tunnellarini metro yoki boshqa muassasa binolari oldida o‘rnatilishi shart emas deb hisoblaydi.

“Tunnellar o‘rniga kirish joylarida o‘zaro masofani saqlash, isitmani o‘lchash, qo‘llarga antiseptik bilan ishlov berish yo‘lga qo‘yilgani maqsadga muvofiq”, — deya xulosa qilgan mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0