"Nega yutqazdik?": O‘zbekistonga yutqazgach, Tojikiston termasi murabbiyi tanqid ostida qoldi

© AFCSbornaya Uzbekistana po futzalu obigrala Tadjikistan
Sbornaya Uzbekistana po futzalu obigrala Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terma jamoa mag‘lubiyatidan so‘ng jamoatchilik bosh murabbiy Usmon Toshevning lavozimda qolishi qanchalik maqsadga muvofiqligi haqida savollarni yo‘llay boshlagan. 

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Tojikiston milliy termasi Toshkentda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston jamoasiga 1:2 hisobda o‘yinni boy berdi. Tojikistondan yagona golni ikkinchi taymda maydonga tushgan Zoir Jo‘raboyev darvozaga yo‘llagan.

Mach - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Bosh vazir kubogi-2020" futbol musobaqalari start olmoqda

Terma jamoa mag‘lubiyatidan so‘ng jamoatchilik bosh murabbiy Usmon Toshevning lavozimda qolishi qanchalik maqsadga muvofiqligi haqida savollarni yo‘llay boshlagan. 

"Qanday bo‘lmasin, bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuv natijalarini bizning jamoamiz rahbari sifatidagi faoliyati yakunlari sifatida baholamaslik lozim. Axir uzoq vaqt davomida terma jamoani yig‘ishning imkoni bo‘lmadi, shu bois hozirgi sharoitlarda o‘rtoqlik uchrashuvining o‘tkazilganini o‘ta shohona sovg‘a sifatida qabul qilmoq lozim", - deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Nashr ta’kidiga ko‘ra, so‘ngi vaqtlarda Tojikiston termasi uchun o‘sish stimuli mavjud emas, faqatgina JCh-2022 saralash bosqichida bir amallab o‘ynab olsa bo‘ldi, u ham agar futbol uchrashuvlari koronavirus pandemiyasi vaqtida qayta tiklanadigan bo‘lsa, albatta.

"Usmon Toshev bilanmi, yoki u siz, farqi yo‘q, uchrashuvlarni boshni baland ko‘targan holda oxirigacha o‘ynab tugatish lozim", - deyiladi xabarda. Keyin nima bo‘lishi esa - noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasining Toshkentda Tojikiston milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi 3-sentabr kuni "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston termasi 1:1 hisobdan keyin, penalti evaziga Tojikiston jamoasi ustidan g‘alaba qozonishga muvaffa bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0