Tojikistonda o‘z qizini zo‘rlagan otaga 25-yil qamoq jazosi tayinlandi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkak o‘zining balog‘at yoshiga yetmagan qiziga hujum qilgan va qiz o‘zini himoyalayotib hushidan ketganida, shavqatsizlarcha uni tahqirlagan.

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Tojikistonda Dang‘ara tumani yashovchisi 25-yilga qattiq rejimdagi koloniyaga mahkum etildi. Erkak bu jazoni o‘z qizini shavqatsizlarcha tahqirlagani uchun olgan, deb xabar qilmoqda respublika Bosh prokuraturasi.

Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda rashkchi er o‘z xotini jazmanini jinsiy a’zosidan mahrum qildi

Xabar qilinishicha, Azizullo Abdulloyev, o‘z xonadonida bo‘lgan vaqtida 22:00ga yaqin 15 yashar qizini uyg‘otgan va uning ustidan jinsiy xarakterga ega zo‘ravonlikni sodir eta boshlagan.  Uyda boshqa hech kim bo‘lmagan.

Qiz qarshilik ko‘rsatib, baqira boshlagan, ammo erkak uning yuzini yostiq bilan yopgan, natijada qiz hushini yo‘qotgan.

Abdulloyev jinoyatni shu tarzda davom ettirgan.

Holat haqida ma’lum bo‘lgach, Dang‘ara prokuraturasi tomonidan Tojikiston Jinoyat kodeksining 138-moddasi 3 "a" (zo‘rlash) bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Xatlon viloyati sudi shavqatsiz zo‘ravonni 25-yillik qattiq rejimdagi koloniya jazosiga mahkum etgan.

Yangiliklar lentasi
0