Ochiq osmon ostidagi imtihonlar abituriyentlarga ma’qul keldi - video

Obuna bo‘lish
Abituriyentlar aytishiga qaraganda toza havoda imtihon topshirish, ularga yopiq auditoriyaga qaraganda ko‘proq ma’qul kelgan.  

Bu yilgi abituriyentlarning omadi chopdi desak ham bo‘ladi - savollar kamaytirildi, imtihonni xonalarda emas toza havoda topshirish belgilandi.

Xo‘sh ushbu sharoitlarda abituriyentlar qanday imtihon topshirishmoqda? Sputnik muxbiri Toshkentdagi bir necha imtihon maydonchalarida bo‘lib vaziyat bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 4-sentabrdan boshlab 14 kun davomida bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar har kuni 2 smenada: ertalab (08:00- 11:00) va kechqurun (17:00 - 20:00) imtihon topshirishadi. Buning uchun Respublika bo‘yicha jami 65ta ochiq maydonlar tayyorlangan. Ulardan 6tasi Toshkent shahrida joylashgan. 

Kirish joyida barchaning tana harorati tekshiriladi. Abituriyentlarga niqob va qo‘lqop beriladi. Imtihon jarayonini kuzatuvchilardan tashqari o‘nlab kameralar kuzatib turadi. 

Odatdagidek imtihonga hech qanday gadjetlar olib kirish mumkin emas. Qoidabuzarlar kelgusi yilga qoldiriladi. 

 

Yangiliklar lentasi
0