Koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha eng past natija qayd etildi

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishVipiska dobrovolsev, ispitavshix vaksinu ot COVID-19
Vipiska dobrovolsev, ispitavshix vaksinu ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha 3-sentabr kuni O‘zbekistonda 2 oydan ortiqroq vaqt davomida eng kam kasallanish holati aniqlandi.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 3-sentabr kuni 257 kishi koronavirusga chalingan. Bu so‘nggi 2 oy ichida qayd etilgan eng past ko‘rsatgich bo‘ldi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati. 

Bundan oldingi eng past natija 27 iyun kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda O‘zbekistonda 1 sutkada 255 kishi koronavirusga chalingan edi. 

4 sentabr soat 10:00 holatiga O‘zbekistonda jami 42 909 nafar bemor qayd etilgan. Ulardan 40 176 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 %ni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Toshkent shahrida - 70 nafar 

Toshkent viloyatida - 16 nafar

Namangan viloyatida - 10 nafar

Samarqand viloyatida - 7 nafar

Qashqadaryo viloyatida - 3 nafar  

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 287 nafar bemordan 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ikki nafar bemor vafot etgan. 

Eslatib o‘tamiz Iyul Avgust oylarida O‘zbekistonda kuniga aniqlanayotgan yangi bemorlar soni 400-600 kishi atrofida, kasalxonalarda davolanayotganlar soni 7 mingdan oshgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0