XTV ota-onalarga bolalarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiyalar berdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishRoditeli s usinovlennim malchikom v salone avtobusa
Roditeli s usinovlennim malchikom v salone avtobusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ota-ona xotirjamligi - bolaga ishonch beradi. Bola his-tuyg‘ularini ifoda etishga o‘rgating: tajovuzni - jismoniy mashqlar orqali, xavotirni – yaqinlari bilan suhbat orqali.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Pandemiya sharoitida O‘zbekistonda ham maktab o‘quvchilari turli qiynchiliklarni boshdan kechirmoqda, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.

Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan kimdir maktabda, kimdir masofaviy ta’lim olishga majbur bo‘lmoqda. Ushbu noqulayliklar bolalar ruhiy holatiga ham salbiy ta’sir qiladi, albatta. 

Ota onalar bolalariga qiyin vaziyatda stressni yengib o‘tishda ruhiy yordam berishlari mumkin. Buning uchun ularga quyidagilar kerak:

  • Oilada qulay, xotirjam va xayrixoh muhitni saqlash va rivojlantirish. Qiyin vaziyatlarda vahima qo‘zg‘amaslik havotirga tushmaslik kerak. Oila a’zolarining xayrixohligi va xotirjamligi bolaga ishonch berish va vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi.
  • Muntazam ravishda farzandingiz bilan uning hissiyotlari, havotirlari bilan bog‘liq mavzularda suhbatlashing. Yaqin va uzoq kelajakni muhokama qilishni unutmang. Farzandingiz bilan suhbatlashib uning kelajak istiqbollarini yaratishga harakat qiling (lekin majburan emas).
  • O‘zingizning tajribalaringiz, fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing, hayotis voqealarni aytib bering, shu jumladan o‘zingiz va do‘stlaringiz qiyin hayotiy vaziyatlarni yengib o‘tganingiz haqida.
  • Oddiy yurakdan suhbat bolada o‘ziga ishonch tuyg‘usini ortishiga olib kelishi mumkin. Hamdard bo‘ling, hozir unga qanchalik qiyinligini tushunishingizni ayting. Ota-onasining ko‘magi va hamdardligini his qilgan bolalar stressni muvaffaqiyatli yengadi.
  • Bolani o‘z his-tuyg‘ularini ijtimoiy maqbul shakllarda ifoda etishga o‘rgating (tajovuzni - faol sport turlari, uyda yoki ko‘chada o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan jismoniy mashqlar; havotirlarini – yaqinlari bilan suhbat orqali).
  • Bola (ayniqsa, o‘spirin) uchun ko‘pincha o‘z tajribalarini ota-onalari yoki tengdoshlari bilan baham ko‘rish qiyin kechadi. Shu maqsadda bolangizni daftar ochishga taklif qiling, unda u o‘z havotirlari haqida yozadi. Hissiyotlarni qog‘ozga tushirgandan so‘ng, u mumkin bo‘lgan salbiy fikrlardan xalos bo‘lib, yengillashadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida o‘qish 14-sentabrdan boshlanadi. Undan ota-onalar o‘z istaklariga ko‘ra bolalarini maktablarga yuborishlari yoki masofadan turib o‘qitishlari mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0