TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini Axrol Risqullayev boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur bahs o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi.
Bosh hakam - Axrol Risqullayev, yon qanot hakamlari - Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Lokomotiv” stadionida Tojikistonga qarshi maydonga tushadi. Bahs soat 19:00da boshlanadi.