Jang maydoni ham raqamlashtirilmoqda – harbiy ekspert

© iz lichgogo arxiva Alekseya LeonkovaAleksey Leonkov voyenniy ekspert
Aleksey Leonkov voyenniy ekspert - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zamonaviy qurollar axborotni juda tez qayta ishlab katta tezlikda uzatishni talab qiladi. Axborot almashinuvi samaradorligi jangda g‘alaba qozonish uchun juda muhim.

TShKENT, 3 sen - Sputnik. Bugun barcha qurollar va hatto jang maydoni ham raqamlashtirilmoqda, deydi harbiy ekspert, “Arsenal otechestva” jurnali direktori Aleksey Leonkov.

"Men “Armiya 2020”  qurol yarog‘ ko‘rgazmasida bo‘ldim. U yerda 28 mingdan ortiq qurol-yarog‘ namunalari va jangovar hamda tinch hayotda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan minglab uskunalar namoyish etilgan.

Axborot texnologiyalari hama sohaga kirib kelmoqda, jumladan jang maydoniga ham. Qurol-aslahalar ham raqamli texnologiyalar yordamida ishlamoqda. Nishonga juda aniq uradigan qurollar majmuasi yaratilmoqda. Bu esa o‘z navbatida jang maydonida umumqo‘shin ahamiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuv tizimini yaratishni talab qiladi.

Axborotni juda tez qayta ishlab uni katta tezlikda uzatish talab etiladi. Jangda g‘alaba qozonish yoki yutqazish ham axborot almashinuviga bog‘liq bo‘lib qolmoqda", - deydi Leonkov.

Raqamlashtirishning audio, video suratlar uzatish, vizualizatsiya qilish kabi imkoniyatlari tufayli, har bir askar yanada ko‘proq qulaylik va samaralilik bilan vatanini himoya qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Mutaxassis fikri bilan batafsil audiopodkastimizda tanishing.

Leonkov o sovremennom orujii: informatsiya stanovitsya klyuchevim faktorom v boyu
Yangiliklar lentasi
0