Samarqandda taksichilar o‘rtasidagi janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTaksi
Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, taksist yopiq bosh miya jarohati, burun suyagining sinishi, bosh yumshoq to‘qimalari ostiga qon quyilishi, bosh miya pardalari ostiga va to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi, chap ko‘z oqish pardasiga qon quyilishi oqibatida vafot etgan

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Samarqandda taksichilar o‘rtasida yuz bergan janjal bir kishining o‘limi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Draka - Sputnik O‘zbekiston
Ajal o‘yini: Surxondaryoda voyaga yetmagan bolani tengdoshi tepib o‘ldirdi

Hodisa Oqdaryo tumanida ro‘y bergan. Ikki yosh mahalliy taksi haydovchilari o‘rtasida yo‘lovchi tashish masalasida janjal kelib chiqqan va ular bir-birlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlaganlar.

Taksichilardan biri - O.S. nizoni hal qilish maqsadida, shu kuni kechqurun ikkinchi haydovchi - Sh.T. yashaydigan uyga kelib, "razbor" davomida ikkisi yakkama-yakka urushishga kelishishgan.

Tumanning "Uklon" qishlog‘ida joylashgan 36-sonli o‘rta ta’lim maktabi futbol maydonida O.S o‘zini haqorat qilganligini ro‘kach qilib, Sh.T.ning yuziga musht tushirib, tanasining turli joylariga oyoqlari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada Sh.T. hushidan ketib yiqilgan,  O.S. esa hodisa joyidan ketib qolgan.

Okazanie pervoy pomoshi  - Sputnik O‘zbekiston
Qarzni bermaslik uchun urib o‘ldirdi: Jizzaxdagi qotillik tafsilotlari

Hodisa joyida yana uch kishi bo‘lgan. Ular Sh.T.ni hushiga keltirishga urinishgan, ammo natija bo‘lavermagach, yo‘lda ketayotgan mashinani to‘xtatib, jabrdiydani tez yordam bo‘limiga olib borishgan. Shifokorlar urinishiga qaramasdan Sh.T. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

RSTEIAM Samarqand filiali tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, Sh.T.ning tanasida yopiq bosh miya jarohati, burun suyagining sinishi, bosh yumshoq to‘qimalari ostiga qon quyilishi, bosh miya pardalari ostiga va to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi, chap ko‘z oqish pardasiga qon quyilishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.S., ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyati ishi bo‘yicha O.S., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0