TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Ogayo Universiteti olimlari orzularni qanday amalga oshirish mumkinligini aniqladilar.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, inson orzularini o‘zidan mavqeyi baland kishilarga hikoya qilib bersa, ular ushalar ekan.
“Sxema juda oddiy ishlaydi: agar rejalaringizni siz maftun bo‘lgan kishi eshitsa, siz orzuingiz ushalishi uchun ko‘proq sa’y-harakat qilasiz”, - deyilgan xabarda.
Olimlar tadqiqot davomida odamlar mansabining ko‘tarilishini tahlil qilishdi va maqsadga erishish inson o‘z rejalari bilan o‘zidan mavqeyi yuqori kishi bilan o‘rtoqlashishiga bog‘liqligini aniqlashdi.
Yana boshqa bir eksperement talabalar o‘rtasida o‘tkazildi: semestr davomida ular muayan baho olishlari kerak edi. Natijada o‘z maqsadlarini hurmatli kishilar bilan o‘rtoqlashganlar buning uddasidan chiqdi.