O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l ochildi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishOtkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom
Otkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan 2020-yil 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo‘yicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda bekor qilinadi.

Quyidagi tartib joriy etilmoqda:

  • oxirgi 14 kun Qirg‘izistonda bo‘lib turgan yoki so‘ngi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan shaxslar O‘zbekistonga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;
  • Qirg‘izistonga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo‘lgan O‘zbekiston  fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so‘ng karantin nazoratiga olinmaydi;
  • mazkur bandning 3 va 4 xatboshisida belgilangan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda O‘zbekistonga kirib keluvchi shaxslar o‘rnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, 1 sentabrdan O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘izistonga kirish ruxsat berilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0