"Qimmatga tushmoqda": Tokayev Qozog‘istonda amaldorlar sonini qisqartirishga kirishdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya K-J. Tokayeva posle oglasheniya predvaritelnix itogov viborov
Press-konferensiya K-J. Tokayeva posle oglasheniya predvaritelnix itogov viborov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, joriy yilda davlat organlari xodimlari soni 10%ga, kelgusi yilda esa yana 15%ga qisqartirish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev kvazidavlat sektor xodimlari va amaldorlar sonini qisqartirishni buyurdi tezlashtirishni buyurdi.

Rossiyskie rubli v rukax u jenshini - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda poraxo‘rlarni ushlab bergan fuqarolarga pul mukofoti beriladi

"Pandemiya va davlat organlari xodimlarining aksariyati masofadan ishlashga o‘tkazilishi davlat apparatini qisqartirish mumkin va zarurligini ko‘rsatdi. Davlat apparati va kvazidavlat sektoridagi xodimlar qisqartirilishini tezlashtirishni buyuraman", - dedi Tokayev Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda davlat organlarini 10%ga, kelgusi yilda esa yana 15%ga qisqartirish rejalashtirilmoqda.

"Shu tariqa, amaldorlarni 25%ga qiqartirish masalasini biz 2021-yilga kelib hal etamiz. Natijalarga ko‘ra hamda raqamlashtirishni hisobidan biz kelgusida qisqartirishni davom ettirish bo‘yicha qaror qabul qilamiz", - dedi Qozog‘iston prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "tejab qolingan mablag‘lar hisobiga qolgan ishchilarning maoshini oshirish nazarda tutilgan". "Davlat xizmatchisining past maoshi jamoatchilikka juda qimmatga tushmoqda", - deb qo‘shimcha qilgan Tokayev.

 

Yangiliklar lentasi
0