Toshkentda kirish imtihonlari qaysi maydonchalarda bo‘lib o‘tadi?

Obuna bo‘lish
Bu yil kirish imtihonlari faqat ikkita fandan va 2 soat ichida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Asosiysi kirish imtihonlari ochiq havoda o‘tkazilishi kerak.

O‘zbekistonda 2020-yiling kirish imtihonlari oldingilarga o‘xshamagan bo‘ladi. Xususan, imtihonlar 2-sentabrdan boshlab 12-14 kun ichida o‘tkaziladi. 

Imtihonlar faqat 2ta fandan va 2soat ichida bo‘lib o‘tadi. Asosiysi - abituriyentlar imtihonlarni toza havoda topshiradi. 

Respublika bo‘yicha 65ta ochiq havoda joylashgan manzillar imtihon o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Ulardan 6tasi Toshkentda joylashgan: G‘alaba bog‘ida - 400 o‘rinli, Talabalar shaharchasida - 2000 o‘rinli, Botanika bog‘ida, Paxtakor stadionida – 2500 o‘rinli, Milliy bog‘da va Ashxobod bog‘ida.

Bu yil abituriyentlardan 1,5 milliondan ortiq arizalar qabul qilingan. 

Batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0