TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi prezidentini mustaqillik kuni bilan bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi mustaqilligi kuni munosabati bilan Prezident Sooronbay Jeenbekovga tabrik yo‘lladi", - deyilgan xabarda.
1991 yilning 31-avgust kuni Qirg‘iziston SSR Oliy Kengashi (Jokorku Kengesh) "Qirg‘iziston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya"ni qabul qilgan edi. Unga ko‘ra Qirg‘iziston Respublikasi mustaqil, suveren, demokratik davlat deb e’lon qilingan.