Rossiya FXX IShID* uchun pul yiqqan guruhni qo‘lga oldi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishSotrudniki FSB
Sotrudniki FSB - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning bir necha hududida “Islom davlati”* jangarilari uchun pul to‘plagan olti kishidan iborat guruh qo‘lga olindi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiyada olti kishi “Islom davlati”* jangarilari uchun pul to‘plaganlik uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) matbuot xizmati xabar qildi.

“Moskva, Moskva viloyati, Dog‘iston Respublikasi, Krasnoyarsk o‘lkasi va Xanti-Mansiyk avtonom okrugi hududida ID* ehtiyoji uchun mablag‘ yig‘ish va uni jo‘natishni amalga oshirgan yashirin yacheykaning jinoiy faoliyatining oldini olish amaliyoti o‘tkazildi”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Antiterroristicheskie ucheniya spesnaza UFSB i UMVD Rossii - Sputnik O‘zbekiston
FXX Moskvadagi teraktning oldini oldi

Qo‘lga olinganlardan aloqa vositalari va to‘lov vositalari musodara qilingan. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, ular Suriyadagi IShID* jangarilarini moliyalashtirish uchun mahkum qilingan jinoiy guruh a’zolari bilan aloqasi bo‘lgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar 2016-yildan 2017-yil iyun oyigacha terrorchilarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanishgan. Jami ular kamida yarim million rubl to‘plashgan.

Rossiya JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

* “Islom davlati” (ID, IShID) – Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0