Mirziyoyev Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k podnojiyu Monumenta nezavisimosti i gumanizma.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k podnojiyu Monumenta nezavisimosti i gumanizma. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident mamlakat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k podnojiyu Monumenta nezavisimosti i gumanizma.
Mirziyoyev Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k podnojiyu Monumenta nezavisimosti i gumanizma.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi.

Majmuadagi ramziy qabr yonida qatag‘on qurbonlari ruhlariga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilindi. Shu yerda nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot bo‘ldi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil skver "Shaxidlar xotirasi"
Mirziyoyev Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil skver "Shaxidlar xotirasi"

“Bu insonlar haqiqiy yetakchilar, ilg‘or ziyolilar, adabiyot, madaniyat namoyandalari, boshqacha aytganda, millatimizning, xalqimizning eng sara vakillari edi. Tasavvur qiling, agar ular qatag‘on qilinmaganida Vatanimiz rivoji uchun, ilm-fan, iqtisodiyot, madaniyat va adabiyotimiz uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lar edi, xalqimizni oldinga boshlardi. Shu bilib turib qilingan. Bugun buni armon bilan eslaymiz”, - dedi prezident.

Davlat rahbari qatag‘onga uchragan ana shu 100 ming odamning har biri bo‘yicha izlanish, joylarga chiqib, qarindoshlari bilan uchrashib, nomlarini tiklash, qilgan ishlari haqida kitoblar chop etish, o‘zlari yashagan mahallalar va maktablarga nomlarini qo‘yib, xotirasini abadiylashtirish zarurligini ta’kidladi.

Marosimda koronavirus pandemiyasi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab ham Qur’on tilovat qilindi. Bemorlarning tezroq sog‘ayishini Allohdan so‘rab, duo o‘qildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil skver "Shaxidlar xotirasi"
Mirziyoyev Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil skver "Shaxidlar xotirasi"

“O‘z yaqinlaridan judo bo‘lgan barcha oilalarga chuqur hamdardlik bildirib, sabr-toqat tilayman. Davolanayotgan bemorlarimizning dardiga shifo berishini Xudodan so‘raymiz. Olti oydan beri shu balo bilan kurashapmiz. Bu kasallik yurtimizdan tezroq ketishini so‘rab duo qilamiz”, - dedi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0