TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Kobulda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining jamoat ishlari bo‘yicha katta maslahatchisi o‘ldirib ketildi. Bu haqda 1TV News telekanali politsiya ma’lumotiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Muhammad Hassan Hotak yakshanba kuni kechqurun Qa’lai Vazirdagi o‘z uyi oldida o‘ldirilgan.
G‘ani ushbu qotillikni qoralagan va uni terrorchilik akti deb atagan. Qotillik uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmagan.